Demak sizda kursga nisbatan qiziqish uyg’ondi. Umid qilamanki ushbu sahifadagi ma’lumotlarni o’qib chiqqaningizdan so’ng sizda kurs bo’yicha savollar yoki ikkilanishlar qolmaydi.

Tanishuv

Assalomu alaykum!

Ismim Husniddin Qurbonboyev, 7+ yil tajribaga ega backend dasturchiman. Asosiy tajribam node.js bilan bo’lgan. Turli darajadagi mahalliy va xalqaro kompaniyalarda ishlaganman — Payme, Click, Exadel, Epam, Applied Labs kompaniyalari shular jumlasidan.

Kurs haqida

O’zimdagi qiziqish(curiosity) va yaxshiroq kompaniyalarga ishga kirish zaruratidan Node.js texnologiyasini advanced topiclarini chuqur o’rganib chiqqanman va o’rni kelganda amalda ham qo’llaganman.Yillar davomida o’rgangan bilim-tajribalarim, izlanishlarim asosida Advanced Node.js kursini tashkil qildim.

Birinchi marta bu kursni 2024-yili o’tganman va kutganimdan ham muvaffaqqiyatli yakunlangan. Kursda qatnashgan dasturchilar feedbacklari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Jami 10 ta dars haftasiga ikki marta 1.5-2 soatdan oʻtiladi.

Kurs quyidagi mavzularni oʻz ichiga oladi: