Ushbu sahifada “Advanced Node.js” kursining 2024-yilgi bitiruvchilari tomonidan berilgan feedbacklarni o’qib chiqishinigiz mumkin.
Kurs juda foydaliy bo'ldi nodejsni core qismlarini yaxshi tushunib oldim ayniqsa nodejsni asosi hisoblangan va ko'pchilikni chalg'itadigan event loop mavzusi zo'r yoritib berildi. Kursda nodejsdan tashqari networking va computerni qanday ishlashi ham yaxshi tushuntirildi. Bu kurs nodejs bo'yicha intervyuga tayyorlanayotganlarga va core bilimlarini kuchaytirmoqchi bo'lganlarga juda foydaliy bo'ladi.
Bu kurs menga juda foydali bilimlar berdi. Kurs davomida Nodejsning asosy tushunchalari, tushunib oʻqish bo'lgan qismlarini yaxshi oʻrgandim. Materiallar juda tushunarli qilib berilgan bo'lib amaliy misollar nazariyani anglab yetishga yordam beradi. Nodejsni chuqurroq oʻrganmoqchi boʻlsangiz kursni tavsiya qilaman.
Assalom alaykum men Umar Akbarov Smart-Base da ishlayman. Kursni o'qigan vaqtimda ABIZ da ishlar edim. Kurs man uchun juda foydali bo'lgan, kursdan keyin yozayotgan kodimni ko'proq tushunishni boshlaganman. Keyingi interview ga katta foydasi tekkan). Oylik ham 1,5x oshgan. Eventloop Promise lar, proccess. thread larni yaxshi(chuqurroq) tushunishni istaydiganlarga kursni taklif qilaman
Kurs umumiy olganda yaxshi tuzilgan, to'g'ri O'zbek tilida Node.js ga aloqador bunaqa leveldagi boshqa darslik(kurs) bo'lmasa kerak, shuning uchun asosan boshqa tillarda research qilib article o'qir edim yoki video ko'tar edim, shu tufayli qiziq bo'ldi deb o'ylayman.
Realniy case da aytadigan bo'lsam, event loop va stream videolarini qaradim 3-5 darsda yaxshi tushdi, oxirgi 1.5 oyda 5-6 ta joyga interview topshirdim, yaxshi va keng javob berganimdan, srazu boshqa temadan so'rab ketishni boshlashdi :)
Kurs yaxshi tashkil qilingan ya’ni bir tizimda davom etadi, tog'dan-bog'dan emas, node.js core chugur o'rgatiladi. 5 yil davomida tushunmagam narsalarimi tushunib oldim va yangi narsalar o'rgandim. Kursni kotta kompanyalarga kirish uchun tayyorlanmochi bo'lsangiz(exadel, sigma software, vention, dsr) tavsiya qilaman.