Agar siz erkin ish vaqtini maqul ko'ruvchi, bir xillikdan zerikkan, tajribali dasturchi bo'lsangiz, kuchli jamoa bilan hamjihatlikda ishlashni yoqtirsangiz RedFox IT kompaniyasi aynan siz uchun : )
Avval RedFox haqida qisqacha tanishtirib o'tsam:
• RedFox marketing agentligi faoliyatiga 4 yildan oshdi. • Kompaniya shu davrgacha mijozlarga 1000+ dan ziyod muvaffaqiyatli ishlar topshirdi. • RedFox — Respublikadagi eng katta (2500+ dan ziyod) dizaynerlar auditoriyasini jamlagan tarmoqlarga egadir. • Kompaniyada 3, 5, 7, 10, 15 yillik tajribaga ega dizaynerlar ishlaydi. • Biz tayyorlagan ishlarni ko'ring, Portfolio: behance.com/redfoxuz | Telegramda: t.me/portfolius • Shuningdek, kompaniya 500+ dan ziyod outsourcing (tashqi) xodimlar bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi. • RedFox — Frilansus.com Frilanserlarni rivojlanish platformasi va milliy baholash tizimi asoschisidir.



RedFox marketing agentligi yosh va rivojlanib borayotgan kompaniyalaridan biridir. Agar siz bir xil ishlardan ko'ra doimo rivojlanib borayotgan jamoa bilan ishlashni maqul ko'rsangiz, mana shu pozitiv hayot bilan birga, qulay ish vaqti hamda yuqori va o'suvchi bo'lgan daromad topish imkoniyatini taklif etamiz.
Sohangiz bo'yicha kamchiliklaringiz bo'lsa, IT direktorimiz sizga sohangizda rivojlanishingiz uchun kerakli shart-sharoitlar hamda bilim va ko'nikmalari bilan yordamini ayamaydi.
RedFox — Marketing agentligining IT-bo'limi senior dasturchisi bilan birgalikda real proyektlarni topshirishingiz va tajribangizni qisqa vaqt ichida ortirishingiz mumkin.
Oylik maoshni, (hozirgi) salohiyatingizga ko'ra IT-bo'lim rahbari ishlaringizni ko'rib chiqib, (boshlang'ich holatga ko'ra) suhbat paytida belgilaydi. Tajribangiz ortishiga qarab, oylik maoshingiz ortib boraveradi. Tajribangiz judayam kam bo'lsa, shogird sifatida jamoadagi senior dasturchilardan o'rganishingiz ham mumkin.
👤Contact: HR manager
📍Manzil: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Farovon 3-tor ko'cha, 36 uy.
🎯Mo'ljal: Yangi Tashmi Makro chorrahasi. Yoki [location](https://maps.google.com/maps?q=41.345953,69.182884&ll=41.345953,69.182884&z=16.) orqali toping.
RedFox ijtimoiy tarmoqlarda: