Insonlar va zamon o’zgaryabdi, lekin ustozlarning dars berish metodlari eskicha bo’lib qolmoqda. Aksariyat holatlarda esa biz ustozlar o’quvchilar aynib ketayotganligini aytib o’zimizni oqlamoqdamiz.

Lekin qachon oxirgi marta o’z metodlarimiz, o’zimiz ta’sir qila oladigan nuqtalar haqida qayta fikr yuritib ko’rdik?

Qachon oxirgi marta dars berish mahoratimiz ustida ishladik? Vijdonan javob berganimizda, deyarli ishlamadik va pedagoglikning asl ma’nosini unutdik?

Qattiqqo’l bo’lishimiz kerak, shundagina o’quvchi intizomli bo’ladi deymiz. Lekin baribir darsda doim shovqin va taranglik bo‘ladi. O‘quvchilar bizdan qo’rqadi, hurmat qilmaydi. Ustoz bilan o‘quvchi o‘rtasidagi ishonch asta-sekin yo‘qoladi.

Ko‘pincha rejasiz darsga kiramiz yoki improvizatsiya qilamiz. O‘quvchini qiziqtira olmaymiz, vaqt shunchaki o‘tib ketadi. O‘zimiz ham zerikamiz va kasbimizdan ma’no topmay qolamiz. Natijada o‘zimizni shunchaki “vaqt o’tkazuvchi”dek his qilamiz.

Hamma narsani nazorat qilishga urinamiz va dam olishni unutamiz. Asabiy bo‘lib qolamiz, maktabdagi muammolarni uyga olib kelamiz.

Oqibatda oilamizga, farzandlarimizga va sog‘lig‘imizga vaqt ham, kuch ham yetmaydi. Bu esa charchoq (burnout) olib keladi.

Muloqotda ko‘pincha “men haqman” degan fikrda turib olamiz. Shu sabab ota-onalar va hamkasblar bilan kelishmovchiliklar ko‘payadi. Vaqt o‘tib maktabga kelish ham og‘ir tuyila boshlaydi va ichki xotirjamlik yo‘qoladi.

Bularning hammasiga “TTP: Ustozlik Psixologiyasi” kursida yechim topishga harakat qilamiz.

Kursni deyarli 10 yillik dars berish tajribasiga ega, kuchli pedagog Jahongir Zoxidov o’tadi. Shu paytgacha ko’plab kurs va treninglarda o’rgangan, tajribada boshdan o’tkazgan, kitoblarda o’qigan, ustozlardan yuqtirib olingan bilimlarni bitta qilib shu kursda olishingiz mumkin

Kurs modullari bilan tanishing