Mundarija
👨🎓 Qabulga doir
📚 Manhaj (o‘quv dasturi)
🛏 Yotoqxona
🏢 Akademiya faoliyati
💸 Shartnoma to‘lovi
👨🎓 QABULGA DOIR
Qabul jarayonlari haqida barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin:
1) Qabul qachondan qachongacha davom etadi?
- Hujjat topshirmoqchi bo‘lgan abituriyentlar 5-iyuldan 15-iyulga qadar hujjatlarini topshirishlari mumkin bo‘ladi.
- 5-iyuldan 15-iyulga qadar ro‘yxatdan o‘tgan talabalar – 16-iyulda imtihonda qatnashadilar.
2) Qabul jarayonlari qaysi jarayonlarni o’z ichiga oladi?
Talabalarni qabul qilish jarayoni 4 bosqichda amalga oshiriladi:
- ✅ 1-bosqich: Onlayn tarzda hujjatlarni topshirish;
- ✅ 2-bosqich: Onlayn arab tilidan test imtihonini topshirish;
- ✅ 3-bosqich: Onlayn suhbat imtihonidan o'tish;
- 🏁 4-bosqich: Qabul natijalarini e'lon qilish.
3) Onlayn test imtihoni qaysi fanlardan olinadi?
- Onlayn test imtihoni Arab tilidan olinadi.
4) Imtihonda qatnasha olish uchun Arab tilini qay darajada bilish talab qilinadi?
- A1 va A1+ saviyalarini yakunlagan nomzodlar, imtihonda qatnashishlari mumkin.